OMMAVIY OFERTA

(elektron xizmatlar ko‘rsatish va tovarlarni masofadan sotish to‘g‘risida)

Mazkur Ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda — “Oferta”) e-hilolnashr.uz internet sayti orqali kitoblar va elektron mahsulotlarni sotish hamda obuna xizmatlarini ko‘rsatish shartlarini belgilaydi.

Saytdan foydalanish va “To‘lash” tugmasini bosish orqali Foydalanuvchi ushbu Ofertani to‘liq qabul qilgan hisoblanadi.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Sotuvchi: e-hilolnashr.uz loyihasi egasi (keyingi o‘rinlarda — “Sotuvchi”).

1.2. Xaridor: sayt orqali buyurtma beruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.

1.3. Mazkur Oferta O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan.

1.4. Oferta ommaviy shartnoma hisoblanadi.


2. Xizmat va mahsulot tavsifi

2.1. Sayt orqali quyidagi mahsulot va xizmatlar taqdim etiladi:

2.2. Har bir mahsulot sahifasida uning tavsifi, narxi va foydalanish shartlari ko‘rsatiladi.


3. Buyurtma berish tartibi

3.1. Xaridor sayt orqali ro‘yxatdan o‘tadi va shaxsiy ma’lumotlarini kiritadi.

3.2. Buyurtma rasmiylashtirilgandan so‘ng “To‘lash” tugmasini bosish orqali Xaridor ushbu Ofertaga rozilik bildiradi.

3.3. Elektron mahsulotlar uchun xizmat avtomatik ravishta to‘lov tasdiqlangach faollashadi.


4. To‘lov tartibi

4.1. To‘lovlar Uzcard, Humo, Visa kartalari orqali internet-ekvayring tizimi (Payme, Click, Paynet, NBU(Visa), Octobank Visa) yordamida amalga oshiriladi.

4.2. Sayt karta ma’lumotlarini saqlamaydi. To‘lovlar bankning himoyalangan (HTTPS, SSL) sahifasi orqali amalga oshiriladi.

4.3. Xaridor karta ma’lumotlarini kiritib, SMS orqali yuborilgan bir martalik kod (OTP) yordamida to‘lovni tasdiqlaydi.

4.4. Xaridor roziligi bilan karta tokenizatsiyasi amalga oshirilishi mumkin. Bu holda keyingi xaridlar “1 click” usulida, qayta SMS tasdiqsiz amalga oshirilishi mumkin (bank qoidalariga muvofiq).


5. Obuna va avtomatik to‘lov

5.1. Obuna xizmatini rasmiylashtirgan Xaridor tanlangan davr uchun avtomatik to‘lovga rozilik bildiradi.

5.2. Obuna muddati tugaganda, agar Xaridor uni bekor qilmagan bo‘lsa, to‘lov avtomatik ravishda bank kartasidan yechib olinadi.

5.3. Xaridor shaxsiy kabinet orqali istalgan vaqtda obunani bekor qilish huquqiga ega.

5.4. Obuna to‘lovi amalga oshirilmagan taqdirda, xizmat avtomatik ravishda to‘xtatiladi.


6. Yetkazib berish shartlari (elektron kitoblar uchun)

6.1. Xaridor to'lov qilgandan keyin, sotib olingan mahsuloti unga taqdim qilinadi.


7. Qaytarish va bekor qilish

7.1. Elektron mahsulotlar to‘lov amalga oshirilgach va foydalanish boshlanganidan keyin qaytarilmaydi.

7.2. Bosma mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qaytarilishi mumkin.

7.3. Bank kartasi orqali amalga oshirilgan to‘lovni bekor qilish yoki qaytarish bank qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Mablag‘lar Xaridor kartasiga qaytariladi.


8. Xavfsizlik choralari

8.1. Sayt xavfsiz HTTPS protokoli orqali ishlaydi.

8.2. To‘lov ma’lumotlari bankning sertifikatlangan to‘lov tizimi orqali qayta ishlanadi.

8.3. Sotuvchi karta rekvizitlarini saqlamaydi, qayta ishlamaydi va uchinchi shaxslarga uzatmaydi.


9. Maxfiylik siyosati

9.1. Xaridorning shaxsiy ma’lumotlari faqat buyurtmani bajarish maqsadida qayta ishlanadi.

9.2. Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari berilmaydi.

9.3. Ma’lumotlarni himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.


10. Tomonlarning javobgarligi

10.1. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi.

10.2. Sayt texnik nosozliklar sababli vaqtincha ishlamasligi mumkin.


11. Yakuniy qoidalar

11.1. Sotuvchi mazkur Ofertaga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.

11.2. O‘zgartirishlar saytga joylashtirilgan paytdan kuchga kiradi.

11.3. Oferta saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.


«Hilol dasturlari» MCHJ

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, So‘galli ota, 5-uy,

Hisobraqam: 2020 8000 7055 1872 2001 «IPOTEKA BANK» ATIB Chilonzor filiali, MFO: 00997,

STIR: 309486457

Tel: +998 71 217-59-99

Pochta: admin@e-hilolnashr.uz

Sayt: www.e-hilolnashr.uz